21:24 / 10.06.2019
11071

IIV: yil boshidan buyon 16,8 mingdan ziyod kishi Toshkentda doimiy ro‘yxatga qo‘yildi

2019 yil boshidan buyon 312 ming nafardan ortiq fuqaro xorijga chiqish pasportini oldi. Bu haqda IIV migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Badriddin Shorixsiyev Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma'lum qildi.

«Pasportlar Toshkent IIBBning barcha tumanlari va viloyatlar boshqarmalarida berilmoqda», - dedi B.Shorixsiyev.

U may oyidan boshlab xorijga chiqish pasportini olish jarayoni soddalashtirilganligiga e'tibor qaratdi.

«2019 yil boshidan buyon Toshkent shahriga 16,8 ming, Toshkent viloyatiga 6,4 ming nafar fuqaro doimiy ro‘yxatga qo‘yildi. Shuningdek, ushbu davr mobaynida 83,654 nafar kishi vaqtincha hisobga olindi», - dedi Badriddin Shorixsiyev.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining farmonlariga asosan 2072 nafar kishi mamlakat fuqaroligiga qabul qilingan.

Top