10:20 / 10.06.2019
7432

Qoraqamishda shamol tufayli tomi qulab tushgan uyda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda

8 iyun kuni Toshkent shahri Olmazor tumani Qoraqamish 2/4 dahasida kuchli shamol oqibatida ko‘p qavatli turar joy binosining tomi qulab tushgani tasvirlangan video tarqalgandi.

Tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu tom 2 yil avval yopilgan bo‘lgan.

«Bugungi kunda tuman hokimligi mutasaddilari tomonidan qulab tushgan tom bo‘laklari tozalanib, hudud tartibga keltirildi.

Tomni yopishda noxolis ishlagan quruvchilarga nisbatan chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Yaqin kunlarda 30-uyning tom qismi yangidan, sifatli, zamonaviy qilib yopilishi borasida ishlar boshlab yuborilgan», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top