17:00 / 10.06.2019
4549

Xitoy va AQSh o‘rtasidagi tovar almashish hajmi besh oy ichida 14,6 foizga qisqardi

Foto: AP Photo / Andy Wong, File

Xitoy va AQSh o‘rtasidagi tovar almashish hajmi 2019 yilning besh oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,58 foizga qisqardi. Bu haqda XXR bojxona boshqarmasi ma'lum qildi.

Aytilishicha, yanvar-may oylarida ikki davlat o‘rtasidagi tovar almashish hajmi 209,68 mlrd dollarni tashkil etgan. 2018 yilning xuddi shu davrida esa bu ko‘rsatkich 245 mlrd dollardan ortiqroq bo‘lgan.

Avvalroq Xitoy va AQSh bir necha oy davomida savdo bahslarini tartibga solish bo‘yicha muzokaralar olib borgandi. Bu muzokaralarning oxirgi 10-raundi 9-10 may kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan, biroq shundan keyin ular boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. AQSh 200 milliard dollarlik Xitoy mahsulotlariga boj to‘lovini 10%dan 25%gacha oshirdi.

Mavzuga oid
Top