16:40 / 13.06.2019
11600

APLda yangi mavsum taqvimi e'lon qilindi. Muxlislarni 1-turdayoq jiddiy to‘qnashuv kutmoqda

Angliya Premer-ligasining 2019/20 yilgi mavsumi taqvimin e'lon qilindi.

Yangi mavsum 9 avgust, juma kuni mamlakat vitse-chempioni «Liverpul» hamda Premer-liga debyutanti «Norvich» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi.

Angliyaning amaldagi chempioni «Manchester Siti» mavsumni safarda «Vest Hem»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. «Tottenhem Hotspur» birinchi turda bu yil yuqori ligaga qaytgan «Aston Villa» bilan, «Arsenal» esa «Nyukasl» bilan kuch sinashadi.

1-turning markaziy uchrashuvi «Manchester Yunayted» va «Chelsi» o‘rtasida kechadi. Bu o‘yin 11 avgust kuni «Old Trafford» stadionida o‘tkaziladi.

Chempionatning ikkinchi turida «Manchester Siti» «Etihad»da «Tottenhem»ni qabul qiladi, «Chelsi» «Lester» bilan, «Liverpul» «Sauthempton» bilan o‘ynaydi.

APL. 1-tur
9 avgust

«Liverpul» – «Norvich»

10 avgust
«Vest Hem» – «Manchester Siti»
«Bornmut» – «Sheffild Yunayted»
«Byornli» – «Sauthempton»
«Kristal Pelas» – «Everton»
«Lester» – «Vulverhempton»
«Uotford» – «Brayton»
«Tottenhem» – «Aston Villa»

11 avgust
«Nyukasl» – «Arsenal»
«Manchester Yunayted» – «Chelsi»

Yangi mavsumning to‘liq taqvimi mana bu havolada keltirilgan.

2019-2020 yilgi Premer-liga bahslari 2020 yilning 17 mayida yakunlanadi.

Top