22:14 / 14.06.2019
21167

Shimoliy Koreya dunyodagi eng ko‘psonli maxsus kuchlarga ega – The National Interest

Foto: Ivan Shilov / IA REGNUM

Shimoliy Koreya qurolli kuchlarining maxsus kuchlari ushbu davlat harbiy mashinasining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda AQShning The National Interest nashri yozdi.

Nashr fikricha, Shimoliy Koreya, ehtimol, dunyodagi eng katta sondagi maxsus kuchlarga ega bo‘lib, unda noan'anaviy urush olib borish usullariga o‘rgatilgan 200 ming erkak va ayol xizmat qiladi. 

Pxenyanlik kommandoslar raqibga asimmetrik tahdid solish uchun butun Koreya yarimoroli bo‘ylab va ehtimol, uning tashqarisida harakat qilishga o‘rgatilganlar. Ushbu kuchlar hattoki Janubiy Koreya prezidenti rasmiy qarorgohi – Moviy uyning birga-bir nusxasida unga hujum qilish va yo‘q qilishga o‘rgatiladi.

Janubiy Koreya hududidagi maxsus operatsiyalarda turli niqoblanish vositalari: fuqarolik kiyimi, Janubiy Koreya va AQSh harbiylari formasida harakatlanish ko‘zda tutilgan. Shimoliy Koreya maxsus kuchlarining faqat ayollardan tashkil topgan bo‘linmalari ham mavjud bo‘lib, ular fuqarolik kiyimida jangovar harakatlar olib borishi nazarda tutilgan. 

Mavzuga oid
Top