12:06 / 15.06.2019
10619

Moldovalik muxolifatchilar mamlakatni ommaviy ravishda tark etmoqda

Foto: Valentyn Ogirenko / Reuters

Moldova prezidenti Igor Dodonga muxolifatda bo‘lgan moldovalik siyosatchilar mamlakatni tark etmoqdalar. Bu haqda TV8 telekanali xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, poytaxt Kishinyovdan Istanbul, Odessa, Moskva va London tomon bir nechta biznes-jyet jo‘nagan. Taxmin qilinishicha, ulardan birida Moldova demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Plaxotnyuk va uning tarafdorlari uchib ketgan.  

Ta'kidlanishicha, Demokratik partiyada ushbu vaziyatga izoh berilmagan.

Bundan tashqari, chegara punktlaridan biri Moldovaning sobiq bosh vaziri Yuriy Lyanke payqalgan. 8 iyungacha u mamlakat bosh vazirining Yevropa bilan integratsiya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagan. 

8 iyunda sotsialistlar Acum alyansi bilan Demokratik partiyaga qarshi chiqishga kelishib olishgan. Natijada parlamentga sotsialistlar yetakchisi Zinaida Grechaniy, hukumatga Acum yetakchilaridan biri Mayya Sandu rahbarlik qila boshlagan. Demokratlar bu vaziyat yuzasidan konstitutsiyaviy sudga murojat qilishgan, sud yuqoridagi qarorlarni konstitutsiyaga zid deb topgan.
 
Shundan keyin Dodon sobiq bosh vazir Pavel Filip uning o‘rniga parlament tarqatilishi haqidagi farmonni imzolay olishi uchun o‘z majburiyatlaridan chetlatilgan. Biroq Dodon buni hokimiyatning egallab olinishi deb hisoblab, Filip farmonini bekor qilgan. Demokratik partiya yangi parlament va hukumatni tan olmay, davlat muassasalariga kirish joylarini to‘sib qo‘ygan. 14 iyunda esa Dodon tomonidan iste'foga chiqarilgan Filip hukumati iste'foga ketishga rozi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top