20:04 / 15.06.2019
11170

Ravshan Ermatov milliy, yoshlar va o‘smirlar jamoalari murabbiylari bilan uchrashdi

15 iyun kuni O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasida vitse-prezident Ravshan Ermatov milliy, olimpiya, yoshlar va o‘smirlar jamoalari murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘FA sayti.

Unda jamoalar oldiga qo‘yilgan vazifalar, bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi. 

Murabbiylar yig‘inlarni tashkil qilish, mashg‘ulotlar o‘tkazish, yangi nomzodlarni saralab olishda ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan jihatlar, bo‘lajak musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur chora-tadbirlar haqida o‘z fikrlarini bayon qilishdi.

Shuningdek, hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar muhokama qilinib, ularning yechimini topish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Ravshan Ermatov tomonidan tegishli departament boshliqlariga topshiriq berildi.

Top