08:12 / 16.06.2019
6174

Afsonaviy beysbolchi Beyb Rut futbolkasi rekord narxga sotildi

Foto: AP

Amerikalik professional beysbolchi Beyb Rutning futbolkasi Nyu-Yorkdagi Hunt Auctions auksion uyi savdolarida rekord narx – 5,64 mln dollarga sotildi. Xaridor nomi oshkor qilinmagan.

Futbolka uchun taklif qilingan narx sport anjomlari uchun taklif qilingan rekord narx bo‘ldi, deb xabar berdi The New York Post. Avvalgi rekord 2012 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda ham Rutning futbolkasi 4,4 mln dollarga sotilgan.

Auksionda Rut o‘ynagan “Nyu-York Yankiz” beysbol klubi bilan bog‘liq bo‘lgan 400 dan ko‘proq lot savdoga qo‘yilgan. Ulardan 100 ga yaqinini Rutning oilasi taqdim qilgan.

Beyb Rut 1914 yildan 1935 yilgacha Bosh beysbol ligasida 22 mavsum ishtirok etgan. U beysboldagi faoliyatini “Boston Red Soks” klubida boshlagan, biroq katta mashhurlikka aynan “Nyu-York Yankiz” uchun o‘ynaganda erishgan. 1936 yilda u Beysbol sharaf zaliga nomi kiritilgan 5 beysbolchidan biri bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top