17:50 / 18.06.2019
6405

Ishtixonda yuzlab sportchi yoshlar taqdirlandi

Tuman yoshlari uchun sportning milliy kurash, og‘ir atletika, mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar uyushtirildi.

Mazkur musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus” ijrosi yuzasidan tashkil etildi. Asosiy tashabbuskorlar – Ishtixon tuman hokimligi, prokuraturasi, xalq ta'limi bo‘limi, jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, yoshlar ittifoqi tuman Kengashi va XDP Samarqand viloyat kengashi tadbirlarni sifatli va mazmunli o‘tkazishga harakat qilishdi.

Bugungi kabi tadbirlar yoshlar uchun nafaqat sport targ‘iboti va qiziqtirish, shu bilan birga yoshlarda do‘stlik, ahillik, maqsad sari intilish kabi ko‘nikmalarini shakllantiradi, – deydi Ishtixon tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ahmad Hasanov. “Besh tashabbus – besh imkon” nomli yoshlar forumi doirasidagi mazkur musobaqalarni “Ezgu g‘oyadan – ezgu maqsad sari” shiori ostida o‘tkazdik.  Darvoqe, bugungi tadbir davomida biz tumanimizdan qator yangi iste'dodli sportchilarni kashf etganimiz eng katta yutug‘imiz bo‘ldi. Bu kabi musobaqalar iste'dodlarni yuzaga chiqarishi bilan ham alohida ahamiyatga ega.

Kuy-qo‘shiqlar bilan, tantanali tarzda o‘tkazilgan bahslarda 550 dan ortiq ishtixonlik yoshlar ishtirok etdi. Birgina mini futbol bo‘yicha (o‘g‘illar)   hudud birinchiligi musobaqasida tumanning 2-sektoridan 14 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqalar so‘ngida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kuchlilar, g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan I, II, III darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Yoshlarni qutlash uchun Respublika jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari, viloyat hokimi o‘rinbosari ham tashrif buyurdi.

Top