02:16 / 19.06.2019
9183

Boris Jonson Britaniya bosh vaziri saylovlarining 2-bosqichida ham g‘alaba qozondi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Konservativ partiya raisi va mamlakat bosh vaziri lavozimiga saylovlarning 2-bosqichida katta farq bilan g‘alaba qozondi. 

Jonsonga navbatdagi bosqichda Konservativ partiyaning 313 deputatidan 126 nafari ovoz bergan. 2-o‘rinni 46 ovoz bilan amaldagi tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xant, 3-o‘rinni 41 ovoz bilan atrof-muhit masalalari vaziri Maykl Gouv egallagan.

Shuningdek, xalqaro rivojlanish masalalari vaziri Rori Styuart (37 ovoz) va ichki ishlar vaziri Sojid Javid (33 ovoz) kurashni davom ettiradi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra saylovlardan Brexit masalalari bo‘yicha sobiq vazir Dominik Raab chiqib ketdi.

Saylovning keyingi bosqichlari 19 va 20 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Shundan keyin butun Britaniya bo‘ylab Konservativ partiyaning 160 ming a'zosi ikki finalchi orasidan birini tanlaydi. G‘olib 22 iyuldan boshlanadigan haftada e'lon qilinadi. 

Top