12:20 / 21.06.2019
95260

Prezident Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi doirasida 80 mln dollar pora olingani haqida gapirdi

Bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi vaqtida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasi korrupsiyalashgani to‘g‘risida ham gapirdi.

«Mustaqil bo‘lganimizdan beri neft-gaz sohasidagi loyihalarning 50 foizi pora bilan bo‘lib kelgan.

Birgina Surg‘il neft-gaz loyihasi (Surg‘il konidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi — tahr.) bir amaldor 80 million dollar olgan! 80 million-a! Xalqni kim o‘ylaydi?», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident qaysi amaldorni nazarda tutgani ma'lum emas.

Bundan avvalroq prezident prokuratura tizimidagi korrupsiya haqida gapirgandi.

Top