23:46 / 21.06.2019
13358

Xronofaglar: ular kim va nimasi bilan xavfli?

Bu so‘zni ilk marta o‘qiganda yoki eshitganda ko‘z oldingizda o‘zga sayyoraliklar va qandaydir qo‘rqinchli bakteriyalar gavdalanadi. Biroq aslida ular vaqtimizni doimiy ravishda o‘g‘irlaydigan kishilargina xolos. Bu atama bizga taym-menejmentdan kirib kelgan.

Foto: Unsplash

Xronofaglar haqida Layfxaker quyidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

Zamonaviy jamiyatda bu keng tarqalgan hodisa. Qo‘shni, dugona va hatto qarindoshingiz ham xronofag bo‘lishi mumkin. Tabiiy, ular bilan muloqotdan qochish yaramaydi, biroq befoyda suhbat vaqtini qisqartirish mumkin.

Yo‘llardagi tirbandliklar, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, televizor tomosha qilish, telefonda dugonangiz bilan bir necha soat davomida suhbat qurish ham xronofaglikka kiradi.

Odamlar haqida gap ketganda xronofaglar odatda o‘zlariga rad javobini bera olmaydiganlarni yaxshi his qilishadi. Odatda shoshayotgani, suhbat uchun vaqti yo‘qligini ayta olmaydiganlarni tanlashadi.

Tabiiyki, kimdir sizning qimmatli vaqtingizni olayotganiga chidash mumkin, biroq tan oling, buni to‘g‘ri ish deb ham bo‘lmaydi. Kundalik hayotda odatda vaqt juda tig‘iz bo‘ladi. Shunday ekan, bunday vaziyatlardan qanday himoyalanish mumkin?

«Yo‘q» deyishni o‘rganing

Bu ko‘nikma sizga hayotda asqotadi. Rad javobini berib, kishini xafa qilishdan qo‘rqmang. Buning hech qanday haqoratli jihati yo‘q. «Yo‘q» deb aytish – normal holat.

Har kimning o‘z hayoti, ishlari bor. Shuning uchun vaqtimizni aql bilan taqsimlashimiz kerak. Agar siz bilan suhbatlashayotgan kishi o‘zini rad javobidan xafa bo‘lgandek tutsa, bu haqiqiy manipulyatsiya. U sizda aybdorlik hissini uyg‘otish va ko‘proq suhbat qurishni istaydi.

Muloyim bo‘ling

Bu juda muhim. Axir u kishiga «yo‘q» deb javob beryapsiz. Rad javobidan avval uzr so‘rang. Uzoqroq suhbat qurishdan xursand ekaningiz, biroq hozir shoshayotganingizni ayting.

Sizni hurmat qilishlarini talab qiling

Hamma xronofaglarning juda yoqimsiz jihati mavjud: ular faqat o‘zlarini eshitishadi. Shuning uchun odatda suhbatdoshlariga quloq solishmaydi. Agar do‘stlik yuzasidan xronofagga vaqt sarflashga tayyor bo‘lsangiz, sizni tinglash istagini kutish ham adolatdan bo‘ladi. Agar do‘stingiz sizni tinglashga tayyor bo‘lmasa, muloqotni davom ettirish borasida o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi.

Do‘stlaringiz orasida xronofaglar bormi? Ular bilan suhbatda siz qanday yo‘l tutasiz? Izohlarda fikrlar bilan o‘rtoqlashish haqida unutmang.

Mavzuga oid
Top