23:06 / 22.06.2019
11171

“Sahih al-Buxoriy” asarining XI asrga oid qo‘lyozmasi foto nusxasi endi Samarqandda

21-22 iyun kunlari Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida «O‘zbekistondagi qo‘lyozma fondlari: muhofaza qilish, kataloglashtirish va mutaxassislar malakasini oshirish» mavzusida ilmiy-amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, san'ati va madaniyatini tadqiq qilish Markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda tashkil qilingan ko‘rgazma tadbirlarida Samarqanddagi markaz kutubxonasida saqlanayotgan nodir asarlar mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish maqsadida ularni saralash va bosqichma-bosqich tarjima qilish  muhokama etildi.

Ko‘rgazma davomida IRCICA direktori  Xolit Eren “Sahih al-Buxoriy” asarining XI asrga oid qo‘lyozmasi foto nusxasi hamda Sulton Abdulhamid tomonidan XIX asrda tayyorlangan Muqaddas Ka'ba va uning hududi aks etgan kitob albomini Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tuhfa qildi. 

Tadbir doirasida Xalqaro islom xattotligi ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi. Unda ko‘rgazma qatnashchilari markaz muzeyi va tarixiy qo‘lyozmalar fondida hamda xattotlar tomonidan saqlanayotgan noyob tarixiy asarlar bilan tanishdi.

Top