16:40 / 24.06.2019
18994

Portlashlar Qozog‘istondagi harbiy qismdagi yong‘inni o‘chirishni boshlashga imkon bermayapti

Foto: almaty.tv

Portlashlarning davom etishi Qozog‘iston janubidagi harbiy qismdagi yong‘inni o‘chirishni boshlashga imkon bermayapti, deb ma'lum qildi mamlakat favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi rasmiy vakili Nursulton Nuraxmetov.

Avvalroq Qozog‘iston mudofaa vazirligi 44,3 ming kishi istiqomat qiladigan Aris shahridagi o‘q-dori omborida yong‘in yuzaga kelgani va portlashlar kelib chiqqanini xabar qilgandi.

Portlash oqibatida 16 kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar yengil va o‘rta darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

"Shaharda aholini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda, hozirda yong‘inni o‘chirish imkoniyati yo‘q. Portlashlar davom etmoqda, bizning kuch va vositalarimiz yong‘inni o‘chirishga kirisha olmayapti", - dedi Nuraxmetov.

Mavzuga oid
Top