14:20 / 24.06.2019
22438

Qozog‘istondagi harbiy qismda ro‘y bergan portlash oqibatida 16 kishi jarohatlangan

Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahri yaqinida joylashgan harbiy qismdagi o‘q-dorilar saqlanadigan omborda portlash ro‘y berishi oqibatida 16 kishi jarohatlangan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Jabrlanganlar yengil va o‘rta darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, jarohatlanganlardan biri harbiy.

Bundan avvalroq Qozog‘iston janubidagi harbiy qismda kuchli portlashlar ro‘y bergach, atrofdagi aholini ko‘chirish ishlari boshlangani xabar qilingandi.

Ayni vaqtda Aris shahri aholisini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Top