20:30 / 24.06.2019
8249

Vazirlik: Temiryo‘l sohasida raqobat muhiti yo‘qligi yuk va yo‘lovchi tashishda xizmatlar sifati pasayishi hamda narxlar oshishiga sabab bo‘lmoqda

Transport vazirligi tomonidan «Avia va avtomobil transporti infratuzilmasini, shu jumladan, jamoat transportini yanada rivojlantirish strategiyasi» o‘tkazilgan brifingda Temiryo‘l transporti tizimida o‘z yechimini topishi kerak bo‘lgan muammolar ma'lum qilindi:

  • Raqobat muhiti yo‘qligi tufayli yuk va yo‘lovchi tashishda xizmatlar sifati pasayishi va narxlar oshishi;
  • Yo‘lovchi vagonlari taqchilligi, jismonan eskirgan harakat tarkiblari mavjudligi;
  • Universal vagonlar, shuningdek, sement, kimyo sanoati yuklarini tashuvchi maxsus vagonlar yetishmovchiligi;
  • Yo‘lovchilar talablari to‘liq qondirilmayotgani.

Transport vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, yuqoridagi masalalar bilan tizimli ishlash maqsadida 2025 yilga qadar Temiryo‘l transporti tizimida o‘z yechimini topishi kerak bo‘lgan muammolar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli zavodlarda yiliga 7300ta yuk va 300ta yo‘lovchi tashuvchi vagonlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

«Ayni damda tadbirkorlar ham xususiy vagon sotib olish huquqiga ega. Ya'ni 100-200 yoki 500tagacha vagonga xususiy tartibda ega bo‘lish mumkin. Bu degani tadbirkorlar, zavod egalari vagon xarid qilib, yuk tashish tizimida o‘z mahsulotlarini mustaqil tashishda bemalol foydalanishi mumkin. Ularga vagonlarni yetkazib berish borasida milliy temiryo‘lchiga qaraganda arzonroq xizmat haqi ko‘rsatilishi ham inobatga olinadi», deya Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top