00:39 / 25.06.2019
29840

Poroshenko Rossiyaga qasdma-qasd Gruziyani qayta nomlashni taklif qildi

Foto: RIA "Novosti"

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z hamyurtlarini Tbilisiga “Rossiya tajovuziga” qarshi kurashda yordam berish uchun Gruziyaga dam olishga borishga chorladi. Uning murojaati feysbukda e'lon qilingan. 

“Albatta, men ukrainaliklarni Ukrainada dam olishga chorlayman, biroq xorijda yoki okkupatsiya qilingan Qrimda dam olishni rejalashtirganlarga Gruziyani tanlashni tavsiya qilaman”, degan Poroshenko. 

Poroshenko hamyurtlarini “gruziyalik birodarlarini kulfatda qoldirmaslikka” chaqirgan.

U, shuningdek, Ukraina vazirlar mahkamasiga Ukraina-Gruziya-Ukraina yo‘nalishidagi reyslar uchun aeroport yig‘imlariga chegirmalar taqdim qilish taklifi bilan murojaat qilgan.  

Bundan tashqari, Poroshenko Gruziyani Sakartvelo deb qayta nomlashni taklif qilgan. “Gruziya Kiyev nomidagi bir muhim harfni o‘zgartirishga jazm qilgandi”, deb eslatib o‘tgan sobiq prezident.

O‘tgan hafta prezident Vladimir Putin Gruziyada Rossiyaga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgani ortida Rossiya aviakompaniyalariga Gruziyaga 8 iyuldan parvozlarni taqiqlovchi farmonni imzolagan. Turistik operatorlar va agentlarga Gruziyaga yo‘llanmalar sotmaslik tavsiya qilingan. Shuningdek, Rossiya hukumatiga Gruziyadagi rossiyaliklarni vatanlariga qaytarishni ta'minlash vazifasi topshirilgan. 

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Gruziyaning Rossiya bilan aviaaloqa to‘xtatilishidan ko‘radigan zarari 750 mln dollarga yaqinni tashkil qilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top