17:10 / 27.06.2019
53471

Toshkentdagi “Bekto‘pi” bozori omborlarida kuchli yong‘in chiqdi (video)

Foto: Videodan kadr

Bugun, 27 iyun kuni soat taxminan 16.00 da Toshkentdagi sobiq “Abu Saxiy” bozori yonidagi qurilish materiallari savdosiga ixtisoslashgan “Bekto‘pi” bozorining do‘konlarga tutashgan omborlarida kuchli yong‘in chiqdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda videosi va suratlari tarqalayotgan yong‘in sabablari hozircha ma'lum emas.

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q. Hodisa tufayli 200 kv.m hajmdagi hudud va tovarlar yongan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari voqea joyiga borib, yong‘inni bartaraf etishgan. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Top