12:44 / 29.06.2019
7066

AQSh hukumati Boeing 787 Dreamliner samolyotlari sifatsiz ishlab chiqarilgan deb gumon qilmoqda

Foto: Foto: Mic Smith / AP

AQSh adliya vazirligi Boeing kompaniyasidan 787 Dreamliner samolyotlari ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq hujjatlarni so‘radi, deb xabar berdi The Seattle Times gazetasi.

Gazetaning ma'lumot berishicha, hujjatlar laynerlarni yig‘ishda “sifatsiz ish” qilingani ehtimoli sababli talab qilingan. Nashr manbalaridan birining aytishicha, iyun boshida Nort-Charlstondagi Boeing 787 Dreamliner samolyotlari ishlab chiqariladigan zavodning bir necha xodimlariga talabnoma kelgan. Uning aytishicha, hujjatlarni Boeing 737 MAX bo‘yicha tergov o‘tkazayotgan prokurorlar guruhi so‘ragan.

Avvalroq 400dan ortiq uchuvchilar Boeing kompaniyasiga qarshi jamoaviy da'vo qo‘zg‘atishgandi. Ular kompaniyani 737 MAX samolyotining konstruktiv kamchiliklarini yashirishda ayblashmoqda va «millionlab dollar kompensatsiya» talab qilishmoqda. 

Yarim yil ichida yuz bergan ikkita fojiadan so‘ng 737 MAX laynerlaridan foydalanish to‘xtatilgandi.  

Top