23:26 / 01.07.2019
5635

«Chelsi» Kovachichni «Real»dan to‘liq sotib oldi

Yarimhimoyachi Mateo Kovachich «Chelsi» klubidagi faoliyatini davom ettiradi.

Londonliklar uni «Real»dan to‘liq sotib olishdi. Bitimning shartlari e'lon qilinmagan bo‘lsa-da, uning 50 million yevroni tashkil qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Xorvatiyalik futbolchi «Chelsi» bilan 5 yillik shartnomani imzoladi.

25 yoshli Kovachich o‘tgan mavsumda «Chelsi»da ijarada o‘ynadi. Shu tufayli ham transfer taqiqi bo‘lsa-da, «Chelsi» uni to‘liq sotib olish huquqiga ega edi.

Mavzuga oid
Top