15:07 / 01.07.2019
3748

O‘zbekistonlik para-atletlar Tunis Gran-prisida o‘nta medal olishdi

Tunisda para-atletika bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi yirik musobaqa o‘z yakuniga yetdi. 50ga yaqin mamlakatdan tashrif buyurgan para-atletlar ishtirokidagi mazkur musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli yakunlandi.

Turli yo‘nalishlarda startga chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar Gran-prida 6ta oltin, 3ta kumush va 1ta bronza, jami 10ta medal qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ushbu musobaqa orqali O‘zbekiston vakillari jahon chempionatiga ham yo‘llanmaga ega bo‘lishdi. Noyabr oyida BAAda bo‘lib o‘tadigan dunyo birinchiligi esa kelasi yili Tokioda o‘tkaziladigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma taqdim etadi.

Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati:

Oltin:
Doniyor Axmedov – 100 va 200 metrga yugurish
Mohigul Hamdamova – disk uloqtirish
Omad Hasanov – balandlikka sakrash
Bekjon Chevarov – uzunlikka sakrash
Mohigul Hamdamova – nayza otish

Kumush:
Ma'ruf Murodullayev – 1500 metrga yugurish
Mohigul Hamdamova – yadro uloqtirish
Ma'ruf Murodullayev – 400 metrga yugurish

Bronza:
Shahnoza Adhamova – uzunlikka sakrash

Top