10:27 / 02.07.2019
6132

O‘zbekistonda velosipedlar uchun maxsus yo‘laklar tashkil qilish taklif etildi

Foto: Depositphotos

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida velosipedlar uchun maxsus yo‘lak tashkil qilish haqida petitsiya joylashtirildi.

“Yurtimiz kundan-kunga chiroy ochib, har tomonlama rivojlanib, xorijiy sayyohlarning diqqat-eʼtiborini o‘ziga tortmoqda. Barchamizga ma'lumki, turistlar yurtimizning ko‘zga ko‘ringan va diqqatga sazovor joylarini velosipedda aylanib tomosha qilishga ko‘proq qiziqishadi. Shuningdek, o‘zimizning fuqarolar orasida ham velosipedda sayr qilishga qiziqadigan ishqibozlarning soni tobora ortib bormoqda”, - deb yozadi murojaat muallifi. 

Bildirilishicha, bizdagi yo‘l infratuzilmasi velosipedlarni erkin haydashga imkoniyat bermaydi. Hozirda mamlakatda (Toshkent shahrining ayrim markaziy ko‘chalaridan tashqari) mashina va velosiped yo‘llari umumiy bo‘lib, bir-biridan ajratilmagan. Bu holat aksariyat vaziyatlarda velosiped va mashinalar ishtirokidagi ko‘ngilsiz holatlarining yuz berishiga sabab bo‘lib qolayotgani aytiladi.

“Shu sababli, velosipedlar uchun maxsus yo‘laklar tashkil qilishni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.

Top