«Sassuolo» yarimhimoyachisi Stefano Sensi «Inter»ga o‘tdi.
23 yoshli futbolchi ijara asosida «neradzurri» tarkibida o‘ynaydigan bo‘ldi.
«Inter» Sensi ijarasi uchun 5 million yevro to‘laydi. Agar uning harakatlari ma'qul kelsa, 22 million yevroga to‘liq sotib oladi.
Sensi 2016 yildan beri «Sassuolo» tarkibida o‘ynab kelayotgandi. O‘tgan mavsumda futbolchi A Seriyada 28ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.