11:35 / 03.07.2019
12213

Andijondagi 4ta qo‘shni uyda yong‘in sodir bo‘ldi, voqea joyiga 8ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi chiqqan

2019 yilning 1 iyul kuni 15:57da Andijon shahri Yong‘in xavfsizligi bo‘limi dispetcherlik xizmatiga “Sho‘rbuloq” MFYda joylashgan 4ta uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Foto: dyxx.uz

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga yetib borgan 8 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan hamda yong‘inda fuqarolarni tan jarohati olishlariga va halok bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmagan.

Foto: dyxx.uz

Yong‘in oqibatida O‘zbekiston ko‘chasidagi 6-uyning 170 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda ushbu ko‘chada joylashgan 5-uyning 10 kv.metr, 7-uyning 10 kv.metr va 4-uyning 15 kv.metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. 

Foto: dyxx.uz

Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top