09:35 / 04.07.2019
27948

O‘zbekistonda yangi temir yo‘l liniyasini qurish taklif etilyapti

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Gurlan-Amudaryo temir yo‘l liniyasini qurish haqida petitsiya e'lon qilindi.

“Xorazm viloyati Shovot tumanidan Gurlan hamda Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanlari orqali yangi temir yo‘l qurib, Miskin-Nukus temir yo‘li bilan tutashtirishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Bildirilishicha, hozirgi kunda Saratov-Toshkent va Volgograd-Toshkent poyezdlari Urganchga kirishi uchun Nukus-Miskin-Urganch marshruti bo‘ylab 200 kilometrga yaqin ortiqcha yo‘l yurishadi (Urganch yaqinidan o‘tib, Miskin stansiyasidan yana orqaga qaytadi) va yo‘lovchilar 3 soatga yaqin vaqt yo‘qotishadi. 

Ya'ni, taklif qilinayotgan yo‘l qurilib, ishga tushirilsa, yo‘nalish vaqti 2-3 soatga qisqaradi, bu katta iqtisodiy samaradorlikka egaligi aytiladi. Bundan tashqari, Gurlan va Amudaryo tumanlarida yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ushbu tumanlarga yuklarni yetkazib berish ancha arzonlashadi.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Gurlan-Amudaryo temir yo‘l liniyasini qurishni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.

Top