13:02 / 04.07.2019
18901

Tanishing: sinf xonalari, darslar va o‘quv dasturi mavjud bo‘lmagan maktab

Agora – Rurmond (Niderlandiya) shahridagi ta'limga batamom yangicha yondashiladigan maktab: bu yerda ta'lim olishga emas, bilim olishga e'tibor qaratilgan, - deydi Rusbase.

Turli yosh guruhlari yo‘q

Agora’da o‘n ikki yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qishadi. Ularning har biriga shaxsiy ta'lim jarayonini nazorat qilish imkoniyati beriladi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan mavzularni o‘rganishlari mumkin. Kimdir mo‘g‘ul otlari haqida o‘qisa, yana boshqa birov skeytbordlar va temirchilik haqida ma'lumot oladi. Bu yerda kouch (ingliz tilidan coach - trener) deb ataladigan o‘qituvchining ishi ana shu jarayonni kuzatishdan iborat.

Agora xodimlari har bir talaba bilan o‘quv jarayonini yanada rivojlantirish ustida ishlash, shuningdek, sezilarli natijani ta'minlashi lozim.

Maktab asoschisi Rob Xouben Agorani universitet (bilim olish joyi), budda ibodatxonasi (fikrlash mumkin bo‘lgan joy), ko‘ngilochar bog‘ (o‘ynash mumkin bo‘lgan joy) va kommunal bozor (buyumlarni almashtirish mumkin bo‘lgan joy) qorishmasi sifatida tasvirlaydi. Har bir kun yig‘ilishdan boshlanadi – maktab o‘quvchilari nimaga erishmoqchi ekanliklari va bunda ularga qanday yordam kerakligi haqida gapirishadi. Ularning sinfdoshlari bu vaqtda biror g‘oya va maslahatlarni taklif etishlari mumkin.

Shaxsiy stollar

Har bir o‘quvchining o‘zi istaganidek jihozlashi mumkin bo‘lgan stoli mavjud. Majlisdan keyin o‘quvchilar loyihalarga kirishadilar – ular o‘z stollarida yoki boshqa joyda shug‘ullanishlari mumkin. Tushlikdan keyin sukunat soati bo‘ladi. Unda o‘quvchilar uxlashmaydi, tinch holatda o‘qishadi va o‘ylaydilar. Kunning oxiriga qadar bolalar loyiha yoki guruh ishi bilan shug‘ullanishda davom etadilar. Ulg‘aygan sari o‘quvchilar bilim olishning moslashuvchan vaqtini tanlashlari mumkin.

Foto: Medium

O‘quvchilarga o‘zlari istagan narsani o‘rganish borasidagi erkinlik yoqadi.

Kouchlar o‘quvchilar erkinligini boshqaradilar, biroq shu bilan birga dasturga ular qonun bo‘yicha bilishlari kerak bo‘lgan narsalarni ham kiritishadi. Masalan, barcha o‘quvchilar muayyan yoshga qadar Pifagor teoremasi bilishlari kerak, biroq u bilan matematika darsida tanishishlari majburiy emas. O‘qituvchilar uni geografiy muammo tahlili vaqtida tushuntirishlari mumkin.

Mobil telefonlardan tez-tez foydalanish

Agorada o‘quvchilar mobil telefon va internetdan foydalanishadi. «Bolalarimiz bari bepul Chromebook’ka ega, ular kuni bo‘yi internetdan foydalanishlari mumkin. Biz ularga telefonlardan foydalanishga ruxsat beramiz. Chunki ular muayyan fursatlarda telefondan foydalanmaslikni bilishlari kerak. Telefonni javonga yashirgan holda buni o‘rganib bo‘lmaydi, chunki o‘sha javonni butun umr yoningizda olib yurishga to‘g‘ri keladi», - deydi Rob. Maktab Chromebook’dan foydalana oladi, chunki u darsliklarga ko‘p pul sarflamaydi.

Foto: Medium

Agora 2014 yilda ta'lim g‘oyasiga o‘zgacha yondashish mumkinligini tekshirish uchun o‘tkazilgan tadqiqot doirasida ochilgan. Qayd etish joizki, maktab qanday bo‘lishi va unda nima bilan shug‘ullanish haqida aynan o‘quvchilar bilan maslahatlashilgan. Hozirda maktabda 250 ta o‘quvchi o‘qiydi, bu yerga o‘qishga kirishni istovchilar undan ham ko‘p.

Takomillashish jarayoni testlarsiz qanday o‘lchanadi?

Bu yaxshi savol, unga o‘qituvchilar ham, o‘quvchilar ham javob berishmagan.

Egodact  dasturiy ta'minoti Agora o‘quvchilari - Rafael, Barux va Ruben tomonidan nafaqat o‘quvchilarga berilgan vazifa, balki ularning takomillashuvi jarayonini kuzatish uchun ham ishlab chiqilgan. Undan foydalanish oson. Endilikda bolalar o‘z kompaniyalarini ochib, dasturiy ta'minotni boshqa maktablarga ham sotishni boshladilar. Ular biznes-reja yozishdi, mahsulotning rivojlanish xaritasini tuzishdi va bankda hisob raqam ochishdi. O‘z g‘oyalarini 14 yoshda boshladilar.

Albatta, hozircha Agora bu – maktab ekani ko‘rinib turadi. Unda auditoriya va oshxona bor, hamma yerda bolalarning kulgusi eshitilib turadi. Biroq u yerda o‘quvchilar guruh bilan yoki mustaqil tarzda shug‘ullanish uchun telefon orqali bron qilishlari mumkin bo‘lgan majlislar zallari bor.

Maktabda restoran ham mavjud. Kelajakda Rob bu yerda restoran biznesini ochib, mahalliy aholiga xizmat ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.

Foto: Medium

Bularning bari nimaga olib boradi? An'anaviy ta'lim ish beruvchilar bizdan talab etuvchi ko‘nikmalar – empatiya, muloqot qilish, jamoada ishlash qobiliyati, muammolarni hal etish ko‘nikmasini o‘rgatmaydi. Ular ko‘plab muddat, fakt va formulalarni beradi. Agoradagi bolalar boshqachasiga bilim olishadi: ularda xuddi kattalarda bo‘lgani kabi jami ma'lumotlar cho‘ntaklarida, kerak bo‘lganida undan foydalanishlari mumkin. Ulardagi soft skills  orasidagi muhim narsa o‘zining muammolarni hal eta olishiga bo‘lgan ishonch hissi va bir-biri va kattalar bilan muloqot qila olishlari hisoblanadi.

Kelajakda ish ana shunday bo‘ladi. Agora va boshqa novatorlik maktablari bolalarga keyinchalik muvaffaqiyatga erishishda yordam beradigan ko‘nikmalarni o‘rgatishadi. «Buni maktabimiz bolalari uchun emas, barcha bolalar qilayapman. Har bir bola ana shunday shug‘ullanishini istayman. Judayam ko‘plab kishilar kutayotganlar ro‘yxatida ekanidan afsusdaman, biroq xodimlarni o‘qitish uchun vaqt kerak». Shunga qaramay, har bir odam bilim olishi va buni amalga oshirishi mumkin», - deydi Rob.

Top