08:37 / 06.07.2019
10734

«Barselona» de Yong taqdimotini o‘tkazdi

Foto: REUTERS / Albert Gea

«Barselona» klubi yarimhimoyachi Frenki de Yong taqdimotini o‘tkazdi.

22 yoshli futbolchi «Kamp Nou»da muxlislarga va matbuot xodimlariga tanishtirildi. Futbolchi «Ayaks» klubidan rasman «Barselona»ga o‘tdi.

De Yongning taqdimotiga deyarli 20 ming muxlis bordi. Futbolchi ularning ko‘z o‘ngida klub emblemasini o‘pdi. 

Uning transfer qiymati 75 million yevroni tashkil qildi. Yana 11 million yevro bonuslar ko‘rinishida beriladigan bo‘ldi.

Top