Rossiyada yangi futbol mavsumi start oldi.
Dastlab mamlakat Superkubogi bahsi o‘tkazildi. Unda amaldagi chempion «Zenit» va Kubok sohibi «Lokomotiv» bellashdi.
O‘yin «temiryo‘lchilar»ning 3:2 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan tugadi. «Zenit» tarkibida Sardor Ozmun, «Lokomotiv» tarkibida Aleksey Miranchuk ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.
«Lokomotiv» o‘z tarixida 3-marta (2003, 2005, 2019) Rossiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Rossiya Superkubogi
Zenit – Lokomotiv 2:3 (1:1, 1:2)
6 iyul, Moskva, «VTB-Arena»
Gollar: 0:1 – 6 Smolov, 1:1 – 45 Ozmun, 2:1 – 52 Ozmun, 2:2 – 78 Al.Miranchuk, 2:3 – 81 Al.Miranchuk.
Zenit – Lunev, Rakitskiy, Ivanovich, Smolnikov, Jirkov, Ozdoyev, Noboa (Yeroxin, 46), Rigoni (Mak, 86), Dzyuba, Ozmun (Jorjyevich, 77), Driussi.
Lokomotiv – Gilerme, Serkeyra, Jivoglyadov (Idovu, 84), Chorluka, Ribus, An.Miranchuk, Barinov, Krixovyak, Al.Miranchuk, Jyemaletdinov (Eder, 67), Smolov.
Ogohlantirishlar: Jivoglyadov (19), Smolnikov (51), Ozdoyev (68).
Chetlatish: Ozdoyev (90).