23:05 / 06.07.2019
12750

Londondagi Vestminster ko‘prigiga kema kelib urildi

Foto: RIA Novosti

Londondagi Vestminster ko‘prigiga kema kelib urilishi sababli ko‘prik vaqtincha yopildi. Bu haqda shahar politsiyasi xabar berdi.

"Vestminster ko‘prigining ostki qismiga kema kelib urilishi oqibatida ko‘prik vaqtincha yopildi. London o‘t o‘chiruvchilari va mahalliy hokimiyat vakillari voqea joyiga yetib keldi. Jabrlanganlar yo‘q. Bu voqea terrorizm bilan bog‘liq emas", - deb yozdi London politsiyasi Twitter sahifasida.

Daily Mirror nashrining xabar berishicha, ko‘prikka bortida turistlar bo‘lgan City Cruisers sayohat kateri kelib urilgan.

Mavzuga oid
Top