17:55 / 06.07.2019
49451

OTMda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini onlayn ko‘rish imkoni yaratildi 

Foto: KUN.UZ

OTMda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan qabul.dtm.uz manzilida abituriyentlardan tushgan arizalar sonini yo‘nalishlar hamda tillar kesimida onlayn ko‘rish imkonini beruvchi sayt ishga tushirildi. 

Bunda abituriyent OTMda yo‘nalishni tanlaganida quyidagi ma'lumotlar aks etadi:

- Qabul rejasi;
- Birinchi yo‘nalish sifatida tanlaganlar soni;
- Ikkinchi yo‘nalish sifatida tanlaganlar soni;
- Uchinchi yo‘nalish sifatida tanlaganlar soni;
- Birinchi sifatida tanlaganlar bo‘yicha tanlov ko‘rsatkichi.  

Bundan oldin, abituriyentlarning eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan oliy ta'lim muassasalari ma'lum qilingandi.

Top