O‘tayotgan haftada O‘zbekistonda va jahonda ro‘y bergan voqea va hodisalarning eng muhimlarini Kun.uz’ning an'anaviy haftalik dayjestida yana bir karra esga olamiz.
O‘ZBeKISTON XABARLARI
· Soliq islohotlari natijalari tahlil qilinib, yangi vazifalar belgilandi
· Prezidentning Yaponiyaga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik bosqichlari ma'lum qilindi
· Bojxona kodeksiga jiddiy o‘zgartish kiritilishi kutilyapti
· Shavkat Mirziyoyev «Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi
· Prezident Andijon viloyati hokimiga tanbeh berdi
Tayinlovlar
· Bosh prokuraturada yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Surayyo Rahmonova Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida faoliyat olib borishi ma'lum qilindi
· «Yoshlar» telekanaliga direktor tayinlandi
· Bosh prokuratura matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi
· «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi ishdan olindi. Uning o‘rnini «Artel» rahbariyati vakili egalladi
· O‘zbekistonning eng mashhur muzeyiga xorijlik rahbar tayinlanadi
O‘zgarishlar
· GM Uzbekistan nomi o‘zgardi
· Vazirlar Mahkamasining vakolatlari kengayadi
· Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari Milliy gvardiya tarkibiga o‘tkazildi
· Kasaba uyushmalarining huquqlari ko‘payadi
Vazirlik va hokimliklar
· Erkinjon Turdimov: «Noqonuniy uy qurib, «shoxim bor» deb yurganlarning ham uylari buziladi»
· Vazirlik: «Fermerga qaysidir mahsulotni majburan ektirish kabi holatlar yo‘q»
· Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Hokim sifatida tushunmayotgan narsalarim haligacha bor»
· Sherzod Kudbiyev Farg‘onada «sahnalashtirilgan qabul» o‘tkazdimi? Vazirlik maqolaga munosabat bildirdi
· Ekologiya qo‘mitasi: «Sanoat korxonalari belgilangan normadan 40 baravargacha ko‘proq zaharli moddalarni chiqarmoqda»
· Vazirlik komissiyasi Farg‘onadagi sayyor qabul bo‘yicha tekshiruvni yakunladi, bir necha mutasaddiga chora ko‘rilishi belgilandi
Iqtisodiyot
· Monopollar, proteksionizm va lobbistlar parvozi. Iqtisodiyotdagi ofatlar haqida
· «Davlat rejasi bilan yuritiladigan qishloq xo‘jaligi samarali bo‘lishiga ishonmayman» – Niderlandiyalik mutaxassis bilan suhbat
· UzAuto Motors kompaniyasi General Motors standarti bo‘yicha ishlaydi
· UzAuto Motors zavodlarida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil qaysi?
· UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori yangi modellar, ranglar va elektromobillar to‘g‘risida ma'lumot berdi
· Andijonda respublikadagi eng katta avtomobil bozori ochildi
· O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga nimalar to‘sqinlik qilmoqda?
Bank va moliya
· O‘zbekistonda yil boshidan buyon birinchi marta deflyatsiya qayd etildi
· Dollarning rasmiy kursi 8600 so‘mga yaqinlashmoqda
· Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga 100 mln yevro ajratadi
· Markaziy bank aholi qo‘lida qolib ketgan eski namunadagi banknotlar bo‘yicha tushuntirish berdi
· Jismoniy va yuridik shaxslarning barcha maxsus qayd raqamlarini STIRga birlashtirish taklif etilyapti
· O‘zbekiston hududida naqd xorijiy valutani qabul qilish tartibiga qo‘shimchalar kiritildi
Energetika
· Tolimarjon IES xususiylashtiriladi
· Markaziy Osiyo energetika bozorlariga biznes jalb etiladi
· Elektr energiyasi narxini liberallashtirish: kutilayotgan natija, ehtimoliy salbiy oqibatlar va ularning oldini olish
· Behzod Yo‘ldoshev AES haqida: «Odamlar xavotir olmasin, olimlarimizning bunga salohiyati yetadi»
· Energiya resurslari tariflari oshadi. Eng kam ish haqi miqdori ham
· Markaziy Osiyo davlatlari yagona elektr energiyasi bozorini yaratish bo‘yicha deklaratsiya imzolashdi
Turizm
· Turkiya kompaniyasi «Baxt» ko‘lida turistik majmua qurishni rejalashtirmoqda
· Hukumat qarorini bajarmayotgan Samarqand tumani hokimi va zarar ko‘rayotgan turizm sohasi
· Toshkent va Varshava o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
· Parvoz vaqtida internet, HD sensor monitorlar... Milliy aviakompaniya navbatdagi Dreamliner’ni qabul qildi (foto)
· YuNeSKOning Butunjahon merosi qo‘mitasi Buxoro va Samarqand bo‘yicha hisobotlarni o‘rganib chiqqan
Dolzarb mavzular
· Prankni maktab o‘quvchilari amalga oshirgan. Samarqanddagi «tramvay voqeasi» bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi
· Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning koloniyadagi hayoti haqida batafsil ma'lumot berdi
· Gulnora Karimovaning advokati: Shveytsariya O‘zbekistonga 555 mln dollarni qaytarish jarayonini to‘xtatdi
· Xalq ta'limi vaziri: Ta'limga qarshi diversion dasturlar haqida eshitganmisiz?
· Savol hamon ochiq: Arnasoy voqeasida kim shantajchi?
Termizdagi «damaschilar ishi»
· «Qonun va hukumat qarori talablari buzilgan». Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi Termizdagi «Damas»lar bo‘yicha surishtiruv o‘tkazdi
· Termizdagi «damaschilar ishi». Adliya vazirligi hokim qarorini bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritdi
· «Prezident qarori bir shahardagi 700 kishi ishsiz qolishi uchun qabul qilinmagan». Deputatlar Termizdagi damaschilar tushgan holat haqida
· Termiz shahri hokimligi: «Damas»lar uchun yangi yo‘nalishlar tashkil etilib, haydovchilarning ish bilan bandligi ta'minlandi
· Surxondaryo viloyati hokimi Termizdagi holat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
· «Damas»lar mojarosi. Termizdagi holat tafsilotlari
Ta'lim
· Sherzod Shermatov: Tizimdagi o‘qituvchilarning qariyb 60 ming nafari oliy ma'lumotga ega emas
· Abituriyent–2019. Navbatlar va to‘lov kassalari
· Sherzod Shermatov: Samarqanddagi holat prezident talabiga sabotajdir
· Abituriyentlarning eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan oliy ta'lim muassasalari ma'lum qilindi
· OTMda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini onlayn ko‘rish imkoni yaratildi
Jamiyat
· «So‘z erkinligi — birovni haqorat qilish mumkin degani emas». Komil Allamjonov ikki bloger o‘rtasidagi nizoga munosabat bildirdi
· O‘zbekistonda ayollarga qanday imtiyozlar berilgan?
· O‘zbekiston jahon pasportlari indeksida yanada pastladi
· O‘zbekistonda mahkumlarga qator huquqlar berildi
· Shaharlarda arzon uy-joy sotib olish tartibi qanday?
· «Haj» va «Umra» bo‘yicha hukumat qaroriga o‘zgartirish kiritildi
Huquq tartibot
· 1 iyuldan videoregistratorlar dalil yig‘uvchiga aylandi
· Senator: hamma ham quroldan foydalanish huquqiga ega emas
· Departament valutafurushlarni qanday «fosh» etadi?
· Haydovchi orqa yon oynaga parda o‘rnatsa bo‘ladimi?
· Qo‘yliqda «samosud» uyushtirgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi
· Kunduzgi signal chiroqlari bo‘yicha jarima miqdorida qanday o‘zgarish bo‘ladi?
· 1 yanvargacha haydovchilar mobil videokamerasiz ishlayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqidan foydalana olmaydi
· Yangi avtomobillarni 7 yilgacha texnik ko‘rikdan o‘tkazmaslik tartibini joriy qilish taklif etildi
· Ahmadboy: «Pulning hammasi talon-toroj bo‘lib ketgan»
Tahliliy maqolalar
· «Qurol to‘g‘risida»gi qonun: qo‘rquv va xavotirlar asoslimi?
· Xalq shoiri O‘zbekistondagi aeroportlar Rossiya kompaniyasi boshqaruviga berilishini xavotirli deb atadi
· Namanganda o‘qituvchilar beton quyishdi. Har bir maktab uchun alohida joy ajratilgan
· Termizga molbozor kerakmi yo‘qmi? — «Guliston» mahallasi ahli o‘z arziga mas'ullar quloq solishini istashadi
· «Bu qaror bekor qilingan». Oliy sud «Zamonaviy «reket»ning sud qaroridagi aksi» maqolasiga munosabat bildirdi
· Deputat: «Ayrim hokimlarga ko‘chmas mulkidan ayrilib, hammasidan to‘yib yurganlar nomidan maxsus «tashakkurlar!»
Kun.uz reportajlari va surishtiruvlari
· «Yoqmasa, Qirg‘izistonga ko‘chib ketinglar!»: Rishtonda buzilayotgan uylar egalari nega o‘z holiga tashlab qo‘yildi?
· «Farg‘ona tong otguncha...» yoki fermerning arz-dodlari o‘ziga «to‘qmoq» bo‘lib qaytgani haqida
· Sariosiyoning Marjona qishlog‘ida aholi toza ichimlik suviga muhtoj: rahbarlar nima deydi?
· Zamonaviy «reket»ning sud qaroridagi aksi: «Bergan 150 ming so‘ming ustiga yana 10 million so‘m to‘laysan!»
· Zafar Hoshimov: meni doimo davlatning etagiga osilib olgan tadbirkorlarning boqimandalik kayfiyati hayron qoldiradi
JAHON XABARLARI
Markaziy Osiyo yangiliklari
· Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atamboyevning tarafdorlari Bishkekda mitingga chiqishdi va hukumat va maxsus xizmatlarning iste'fosini talab qilishdi
· Qirg‘iziston sobiq birinchi xonimiga qarshi ko‘rsatma berildi: u reyderlikni himoya qilishda ayblandi
· Sooronbay Jeenbekov: «O‘zbekiston bilan chegara bo‘yicha ko‘p yillik masalalarga nuqta qo‘yildi»
· Imomali Rahmon o‘zining ikkita qarorgohini yopishga qaror qildi
MDH yangiliklari
· Tbilisida sodir etilgan tartibsizliklar davlat to‘ntarishiga urinish deb baholandi
· Suvosti apparatidagi yong‘in natijasida rossiyalik 14 dengizchi halok bo‘ldi
· Rossiyaning harakatlari sababli Ukraina va NATO harbiy mashg‘ulotlar rejasini o‘zgartirdi
· Rossiyada maktablarda telefondan foydalanishni taqiqlashmoqchi
· Belarus prezidentining sobiq yordamchisi pora olgani uchun 12 yilga qamaldi va bor mol-mulki musodara qilindi
· «Rossiyada ish yo‘q». Tojikistonga pul jo‘natmalari hajmi kamaymoqda
Jahon yangiliklari
· Turkiya Yaqin Sharq bo‘yicha AQSh taklif qilgan «asr kelishuvi»ni qo‘llab-quvvatlamadi
· Kobuldagi portlash natijasida 30dan ortiq kishi halok bo‘ldi. IShID masjidda sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
· Eron Isroilni yarim soat ichida yo‘q qilib yuborishini bildirdi
· Turkiyaning Antalya shahrida turistlar uchun soliq joriy etish taklif qilindi
· Yevropa Ittifoqi sammiti asosiy lavozimlarga tayinlovlarni ma'qulladi. Yevroparlamentga yangi spiker saylandi
· Amerikaliklarning yarmidan ko‘prog‘i Trampning impichmentiga qarshi ekanligi ma'lum bo‘ldi
Qiziqarli yangiliklar
· Tramp va Kim Chen In uchrashuvida AQSh va Shimoliy Koreya jurnalistlari janjallashib ketdi – OAV
· Boliviyada ilgari ma'lum bo‘lmagan halokatli virus paydo bo‘ldi
· Xitoydagi kompaniya nima uchun yiliga 6 milliard suvarak yetishtiradi?
· Kim Chen Inning limuzini atrofida nima uchun tansoqchilar yugurib yurishi ma'lum bo‘ldi
· Xitoyda erkaklarga ochiq badan bilan yurish taqiqlandi
· Hindistonda «murda» tirilib ketdi
SPORT YaNGILIKLARI
· Meksikalik qilichboz O‘zbekiston fuqaroligini oldi. U o‘z yurtidagi korrupsiyadan zada bo‘lgan
· O‘FA prezidentligi uchun nomzod ko‘rsatish jarayoni boshlandi
· AIBA G‘ofur Rahimovni yolg‘onchilikda ayblagan Umar Kremlevga nisbatan surishtiruv boshladi
· O‘zbekiston U16 jamoasi CAFA chempionatida ishtirok etadi
· «Chelsi» besh futbolchisi bilan xayrlashdi
· Avstriyada o‘tgan «Formula-1» bosqichi g‘olibi ma'lum bo‘ldi
· Benites Xitoy klubida ish boshladi. Unga 13,4 million yevro maosh to‘lashadi
· Mbappe bu yil «PSJ»dan ketmasligini tasdiqladi
· Frenk Lempard «Chelsi» bosh murabbiyi etib tayinlandi
· Aren Robben faoliyatini yakunladi
· Italiyada yozgi universiada o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
· «Men shu yerdaman. Olg‘a «Barsa»!». Frenki De Yong Barselonaga keldi
· Afrika Kubogi. Favoritlardan biri turnirni tark etdi, Mane Senegal bilan chorak finalga chiqdi
· «Atletiko» hujumga o‘tdi. Klub rahbariyati Grizmann «Barsa» bilan maxfiy muzokara o‘tkazganidan g‘azabda