18:12 / 08.07.2019
6914

Metallurglarning yetakchi universiteti filiali - «MISiS»ga abituriyentlardan hujjatlar qabuli boshlandi

2019 yil 1 iyul kunidan Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS» Olmaliq filialida 2019/2020 o‘quv yili uchun hisob bo‘yicha ikkinchi Qabul komissiyasi ish boshladi. Hujjatlarni qabul qilish filialning o‘z manzilida amalga oshirilmoqda: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur ko‘chasi, 55. Hujjatlar joriy yilning 31 iyuligacha qabul qilinadi.

«MISiS» Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filialiga 2019/2020 o‘quv yili uchun kvota 250 nafar talaba, 40 foiz talaba O‘zbekiston Respublikasining davlat buyurtmasi (budjeti) hisobidan tahsil oladi.

Hujjatlarni qabul qilish quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilmoqda: «Metallurgiya (Metallar texnologiyasi)» - 100 nafar talaba, «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish» - 50 nafar talaba, «Tog‘-kon ishi» mutaxassisligi bo‘yicha - 100 kishi.

Abituriyentlar uchun bir nechta oliy o‘quv yurtlariga hujjatlar topshirishda shart-sharoit yaratish maqsadida, Filialda abituriyentdan hujjatlar nusxalari notarial tasdiqlangan rus tilidagi tarjimasi bilan qabul qilinyapti.

Kirish imtihonlari: 03.08.2019 - matematika bo‘yicha, 05.08.2019 - fizika bo‘yicha, 07.08.2019 - rus tili bo‘yicha. Yetarli ball to‘plagan talabalar «MISiS»ga qabul qilinadi va OTMning Olmaliq filialida ta'lim oladi. «MISiS» diplomlari xalqaro miqyosda tan olingan.

«MISiS» Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filiali O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan 2018 yil oktabr oyida tashkil etilgan.

Bugungi kunga kelib, filialda turli sohalar bo‘yicha 150 nafar talaba tahsil olmoqda. Ta'kidlash joizki, «MISiS» Olmaliq filiali taniqli tadbirkorlar Alisher Usmonov va Qobul Shodiyevning homiyligida tashkil etilgan, butun MDH hududidagi eng innovatsion va texnologik jihatdan rivojlangan o‘quv-laboratoriya bazasi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, Rossiya va boshqa xorijiy davlatlardan bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy salohiyati respublikadagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib qolmoqda - 77%.

Ushbu masala bo‘yicha batafsil ma'lumotni http://www.misis.uz/ru/applicants manzilida topish mumkin.

Mavzuga oid
Top