15:10 / 08.07.2019
7381

Namanganda avtomashinalar to‘qnashuvi: to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 6 iyul kuni soat 21.30larda Namangan viloyatining Pop tumanida yashovchi 20 yoshli D.A. boshqaruvidagi “VAZ-2101” rusumli avtomashinasini Muqimiy mahallasida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 32 yoshli E.M. boshqaruvidagi “M-412” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “M-412” avtomashinasi haydovchisi va “VAZ-2101” avtomashinasi haydovchisi hamda uning uch nafar yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar. 

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Top