20:54 / 09.07.2019
15319

Amerikalik milliarder va AQSh prezidenti saylovlari ishtirokchisi vafot etdi

Foto: Getty Images

AQShning Texas shtatida tadbirkor, milliarder va AQSh prezidenti saylovlari ishtirokchisi Ross Pero 89 yoshida vafot etdi. 

Peroning vafot etgani haqida uning oilasi ma'lum qilgan. The Hill nashrining xabar berishicha, fevral oyida milliarderda oqqon kasalligi aniqlangan.

EDS va Perot Systems kompaniyalari asoschisi bo‘lgan Pero o‘z boyligini axborot texnologiyalari sohasi orqali to‘plagan.  

U 1992 va 1996 yillardagi prezident saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etgan.

Top