11:22 / 09.07.2019
8045

Bojxonachilar atir ichiga yashirilgan giyohvandlik moddasini aniqlashdi

Bojxona organlari tomonidan giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Daut-ata” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan fuqaro N.K. boshqaruvidagi “Toyota” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada Tekshiruv jarayonida uning avtomobilidan “granata” shaklidagi atir idishi va idish ichida esa 1,84 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Top