08:51 / 11.07.2019
12712

Qo‘shma ta'lim dasturlariga kirish tartibi belgilandi

Foto: KUN.UZ

Qo‘shma ta'lim dasturlariga kirish tartibi belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, respublika hududida tashkil etilgan va tashkil etilayotgan qo‘shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash belgilangan ta'lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqichda abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan alohida tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etadilar;

2-bosqichda abituriyentlar xorijiy hamkor tomonidan belgilangan kirish imtihonlarini topshiradilar. 

Shuningdek, Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan quyidagi OTMlarga qo‘shimcha joy ajratildi:

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Oliy adabiyot kursi” magistratura mutaxassisligiga davlat granti asosida qo‘shimcha 10 ta;

Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga sirtqi ta'lim shakli uchun to‘lov-kontrakt  asosida qo‘shimcha 200 ta.  

Top