08:25 / 11.07.2019
9627

So‘rovnoma ayol futbolchining prezident saylovlarida Trampni yutishini ko‘rsatdi 

Donald Tramp va Megan Rapino. Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha AQSh ayollar terma jamoasi sardori Megan Rapino prezident saylovlarida g‘alaba qozona olgan bo‘lardi. Bu haqda Public Policy Polling tahliliy kompaniyasi xabar berdi. 

Bundan kompaniya o‘tkazgan tegishli so‘rovnoma natijalari darak bermoqda. So‘rovnoma  AQSh terma jamoasi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgandan keyin o‘tkazilgan. Rapino ushbu musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.

So‘rovnoma natijalarining ko‘rsatishicha, 2020 yil kuzida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda futbolchiga 42 foiz respondentlar, amaldagi prezident Donald Trampga esa 41 foiz respondentlar ovoz berishga tayyor.

Rapino Trampni yoqtirmasligi bilan ma'lum va avvalroq Trampning Oq uyga taklifini rad etdi.

“Sizning tutgan yo‘lingiz odamlarni istisno qiladi. Siz men kabi, turli irq va millatdagi odamlarni, ehtimol sizni qo‘llab-quvvatlayotgan amerikaliklarni istisno qilasiz. Biz “Amerikani yana buyuk qilamiz” shiori uchun katta haq to‘lamoqdamiz. Bu barcha uchun buyuk bo‘lmagan davrga qaytishdir. Bundan faqatgina bir necha kishi uchungina soz bo‘lishi mumkin va ehtimol, Amerika hozir bir necha kishi uchungina sozdir”, deb aytgan Rapino taklifga javoban.

“Siz bu mamlakat rahbari sifatida ulkan mas'uliyatga egasiz – siz har bir odam haqida qayg‘urishingiz, barcha uchun eng yaxshisini qilishingiz lozim”, deb qo‘shimcha qilgan chempion.

Mavzuga oid
Top