08:56 / 12.07.2019
6272

Afrika millatlari kubogida chorak final ortda qoldi. Kot-d`Ivuar turnirni tark etdi

Foto: AFP/Getty Images

Afrika millatlari kubogida yarim finalning barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi.

Payshanba kuni Tunis milliy jamoasi musobaqa debyutanti Madagaskarni 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Jazoir termasi Kot-d`Ivuar bilan o‘ynab (1:1), penaltilar seriyasida ustun keldi.

Bundan oldin Nigeriya JARni (2:1), Senegal Buninni (1:0) mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Final yo‘lida Jazoir Nigeriyaga qarshi, Tunis esa Senegalga qarshi maydonga tushadi. Yarim final bahslari 14 iyulga belgilangan.

Afrika millatlari kubogi
1/4 final
Kot-d`Ivuar – Jazoir 1:1, pen. - 3:4
Gollar: 0:1 – 20 Feguli, 1:1 – 62 Kojia.

Madagaskar – Tunis 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 52 Sassi, 0:2 – 60 Msakni, 0:3 – 90 Sliti.

Nigeriya – JAR 2:1 (1:0)
Gollar: Chukvueze (27), Trost-Ekong (89) – Zungu (71)

Senegal – Benin 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 69 Guyye. 

1/2 final. 14 iyul
21:00. Senegal – Tunis
23:59. Jazoir – Nigeriya

Top