19:51 / 13.07.2019
7893

Finalda Serena Uilyamsni yenggan Simona Xalep «Uimbldon» chempioni bo‘ldi

«Uimbldon»ning ayollar musobaqasida g‘olib aniqlandi. Londondagi hal qiluvchi o‘yinga AQShlik Serena Uilyams hamda ruminiyalik Simona Xalep yetib kelishdi.

28 yoshli Xalep «katta shlem» tasnifidagi musobaqalarning 22 karra g‘olibi Serena Uilyamsga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va ikki setda bir xil 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu Xalepning «katta shlem» tasnifidagi musobaqalardagi 2-sovrini bo‘ldi. Ruminiyalik tennischi o‘tgan yil Fransiya ochiq chempionatida ham g‘olib bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top