12:07 / 15.07.2019
13784

Qoraqalpog‘istonda bosqinchi qo‘shni qidirilmoqda

2019 yil 14 iyul kuni soat 01:20larda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida yashovchi 30 yoshli Kobeysin Yesemuratov qo‘shnisi 42 yoshli E.D. ismli ayolning uyi hovlisida uni qo‘rqitib, o‘tkir tig‘li jism bilan jarohatlagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs 1 juft bijuteriya ziraklari, hisobida puli bo‘lmagan bank plastik kartochkasi va “Samsung” rusumli mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringan. 

Natijada E.D. kasalxonaga yotqizilib, K.Yesemuratovni ushlash choralari ko‘rilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib bormoqda.

“Hurmatli fuqarolar, ushbu shaxs tomonidan boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida, Kobeysin Yesemuratov haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi IIV xabarida.

Top