10:00 / 17.07.2019
19394

O‘zbekistonda import qilingan go‘sht 1 oktyabrgacha QQSdan ozod etildi

Foto: Getty Images

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Ma'lumki, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilinganda beriladi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan muddatda import qilingan go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (qoramol va parranda) hamda ularning so‘yish mahsulotlari ham qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.

Top