11:20 / 17.07.2019
5460

Toshkent shahrida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar soni qanchaga kamaygani ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

2019 yilning birinchi yarmi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati yakunlari yuzasidan Toshkent shahar sudlari raislarining brifingi bo‘lib o‘tmoqda. 

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining raisi Baxtiyor Islomov 2019 yilning birinchi yarmida Toshkent shahrida umumiy jinoyatlar soni 649 taga yoki 18,7 foizga (3.469-2.820) kamaygani haqida ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 163 taga yoki 16,2 foizga (1.005-842), jumladan, qasddan odam o‘ldirish va unga suiqasd 21,2 foizga (33-26), qasddan og‘ir shikast yetkazish 17,8 foizga (73-60), talonchilik 36,7 foizga (60-38), bosqinchilik 52,4 foizga (21-10), o‘g‘rilik 51,9 foizga (524-252), bezorilik 34,1 foizga (82-54), firibgarlik 37,9 foizga (675-419), poraxo‘rlik 7,9 foizga (89-82), transport vositasini olib qochish 16,7 foizga (18-15) kamaygan.

Muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etish 3,0 foizga (236-229), guruhda jinoyat sodir etish 23,7 foizga (249-190), ayollar tomonidan jinoyat sodir etish 8,8 foizga (353-322), voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etish 45,3 foizga (53-29) va yoshlar tomonidan jinoyat sodir etish 19,8 foizga (1.252-1.004) kamaygan bir paytda, qasddan odam o‘ldirish jinoyati Mirzo Ulug‘bek tumanida 3 taga (2-5), Mirobodda 2 taga (2-4), Yakkasaroyda 2 taga (0-2); talonchilik Chilonzorda 6 taga (5-11); o‘g‘rilik Uchtepada 1 taga (36-37); bosqinchilik Mirzo Ulug‘bek va Uchtepada 1 taga (1-2); bezorilik Uchtepada 5 taga (2-7) Shayxontohur va Olmazorda 1 taga (1-2), Yakkasaroyda 1 taga (4-5) ortgan.

Shuningdek, Toshkent shahri bo‘yicha jinoyatda ishtirok etgan kollej va litsey o‘quvchilari soni 91,7 foizga (48-4), oliy o‘quv yurti talabalari soni esa 71,9 foizga (32-9) kamaygan bir paytda, jinoyat sodir etgan kollej va litsey o‘quvchilari soni Yashnobodda 1 taga yoki 100,0% (0-1), oliy o‘quv yurti talabalari soni esa Mirobod va Uchtepada 2 taga yoki 200,0 foizga (1-3) ko‘paygan.

Poytaxtning jami 505 ta mahallalaridan 313 tasida (61,9%) jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich Yakkasaroyda 85,7% (21/18), Mirzo Ulug‘bekda 81,5% (54/44), Chilonzorda 76,5% (51/39), Sirg‘alida 75,0% (40/30), Bektemirda 72,7% (11/8), Mirobodda 69,2% (39/27), Yunusobodda 63,5% (63/40), Shayxontohurda 52,9% (51/27), Uchtepada 51,7% (60/31), Olmazorda 48,3% (58/28), Yashnobodda 36,8% (57/21)ni tashkil etgan. 192 ta (38,0%) mahallalarda jinoyat sodir etilmagan.

Top