15:09 / 20.07.2019
27053

Sirdaryoda ikki kishining o‘limi bilan yakun topgan mudhish YTH sodir bo‘ldi

Foto: novostivoronezha.ru

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida 2019 yil 19 iyul kuni soat 05.20larda Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 25 yoshli Sh.D. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli mikroavtobusni “A.Navoiy” MFY hududidan o‘tuvchi “Termiz-Toshkent” yo‘lida haydab ketayotib, uxlab qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda u yo‘l chetida to‘xtab turgan, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 34 yoshli R.M. boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtomashinasini tirkamasining orqa qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada “Gazel” mikroavtobusi yo‘lovchisi, Buxoro viloyatida yashagan 1956 y.t. N.A. ismli ayol jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, “Gazel” mikroavtobusining uch nafar yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bir nafar yo‘lovchi vafot etgan. Haydovchi Sh.D. hamda qolgan 4 nafar yo‘lovchiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

Top