20:20 / 22.07.2019
15275

Buxorodagi yong‘in chiqqan gaz quvuridagi avariya oqibatlari bartaraf etildi

20 iyul kuni soat 21:50 da «Gazli – Chimkent» magistral gaz o‘tkazish quvurida avariya ro‘y berib, uning natijasida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar bergan edik.

Kun.uz manbasi ma'lum qilishicha, Samarqand viloyati «Zirabuloq» DKSga qarashli diametri 1200 mm bo‘lgan «Gazli – Chimkent» magistral gaz o‘tkazish quvurining 76-kilometrida gaz sizib chiqqani sababli u yorilgan.

«O‘ztransgaz» AJning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, «Gazli – Chimkent» magistral gaz quvurida sodir bo‘lgan avariya oqibatlari 22 iyul kuni soat 12:00 atrofida to‘liq bartaraf qilingan va gaz quvurini havo-gaz aralashmasidan tozalash ishlari tugatilgan.

Bugun soat 15:30dan boshlab magistral gaz quvurini tabiiy gaz bilan qayta to‘ldirib, kerakli bosimgacha ko‘tarish va ishga qo‘shish ishlari olib borilmoqda. Qisqa fursatda mazkur gaz quvuridan avvalgidek foydalanish jarayoni boshlanadi.

Mavzuga oid
Top