08:16 / 22.07.2019
76851

O‘zbekistonda qaysi kasalliklardan eng ko‘p o‘lim holati qayd etilayotgani ma'lum bo‘ldi

Foto: Getty Images/ Mutlu Kurtbas

2019 yilning yanvar-iyun oylarida 75,8 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koyeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2018 yilning mos davriga nisbatan o‘zgarmagan (2018 yilning yanvar-iyun oylarida 4,6 promille bo‘lgan).

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Adliya vazirligining Davlat xizmatlari agentligining FHDYo organlarida jami 79,4 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, shundan 75,8 mingtasi joriy yilda vafot etgan, 3,6 mingtasi 2019 yil yanvar oyida ro‘yxatdan o‘tib, 2018 yilda vafot etganlar, xalqaro tavsiyalarga asosan, 2018 yilning yakuniy ma'lumotlarida inobatga olingan.

2019 yilning yanvar-iyun oylarida fuqarolarning 62,1 % - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5 % - o‘simtalardan, 5,3 % - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 4,5 % - nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 5,4 % - baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 % - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 11,8 % - boshqa kasalliklardan vafot etgan. 

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 3,4 ming nafarni tashkil etib, ularning 55,3 % - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,4 % - nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 13,3 % - tug‘ma anomaliyalardan, 2,2 % -  baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,4 % - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8 % - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 5,6 % - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Mavzuga oid
Top