21:15 / 25.07.2019
3651

O‘zbekistonning Filippindagi elchisi OTB prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasining Filippin Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Baxtiyor Saidov (qarorgohi Pekinda) Osiyo taraqqiyot bankining Manila shahridagi qarorgohida ushbu bank  prezidenti T.Nakao bilan uchrashdi.

Bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida T.Nakao O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikning darajasi yuqori  ekanligini qayd etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuskorligidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishida 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan yangi Mamlakat hamkorlik strategiyasi (MHS) doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishdan mushtarak manfaatdorlikning mavjud ekanligi ta'kidlandi.

Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan suhbat chog‘ida Markaziy Osiyodagi ustuvor transport-kommunikatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari ham muhokama etildi. Shu o‘rinda “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lining qurilishi mintaqadagi barqaror rivojlanishni ta'minlashda alohida ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi. 

Top