18:25 / 25.07.2019
5040

Poytaxtdagi masjidlardan birida imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus dastur ishga tushdi

O‘zbekistonda hukumat tomonidan kelajak vorislarini har taraflama yetuk qilib tarbiyalash borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan (kar-soqovlar) shaxslarga zarur shart-sharoitlar yaratib berilyapti.

“Adolat” SDP Toshkent shahar, Olmazor tumani kengashi, 24-Sag‘bon saylov  okrugi deputati Luiza Hikmatova hamda xususiy tadbirkor Muhammadbobur Xodjayev bilan hamkorlikda mazkur tumandagi “At-Termiziy” jom'ye masjidida imkoniyati cheklangan (kar-soqovlar) insonlarga namoz o‘qishlari uchun alohida xona ajratilib, monitorda “Surdo online Uzbekistan” dasturi o‘rnatildi.

Unda surdo tarjimon masjid imom xatibining ma'ruzasini surdo onlayn tarzda imkoniyati cheklangan (kar-soqovlar) insonlarga yetkazib beradi. O‘z navbatida, 12 iyul kungi juma nomozida “At-Termiziy” imom xatibi Robbimqul Muhammadiyev va juma namoziga yig‘ilgan yurtdoshlarimiz mazkur loyihani joriy etgan saxovatpesha insonlar haqiga duo qilishdi.

Mavzuga oid
Top