15:11 / 29.07.2019
105952

Eng ko‘p oltin zaxirasiga ega mamlakatlar nomi e'lon qilindi

Foto: Bullion Vault / Flickr

O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, jahon markaziy banklari 1971 yildan buyon eng ko‘p hajmda – 651 tonna oltin sotib oldi. Birgina Rossiya 274 tonna oltin sotib olgan. U bilan birga Xitoy, Vengriya, Polsha, Misr, Qozog‘iston va Hindiston ko‘p miqdorda oltin sotib oldi.

RBK Quote jahonda eng ko‘p oltin zaxirasiga ega 10 mamlakat ro‘yxatini e'lon qildi.

Ro‘yxatda 1-o‘rinda AQSh joylashdi – Jahon oltin kengashining ma'lumot berishicha, bu davlatning oltin zaxirasi 8133,5 tonnani tashkil etadi.  

Keyingi o‘rinni Yevropada oltin zaxiralari bo‘yicha rekordchi hisoblanuvchi Germaniya egalladi —3367,9 tonna oltin zaxirasi.

Yuqori uchlikni 2451,8 tonna oltin zaxirasi bilan Italiya yakunlaydi.

To‘rtinchi o‘ringa 2436 tonna oltin zaxirasi bilan Fransiya joylashgan bo‘lsa, Rossiya 2207 tonna oltin bilan beshinchi o‘rinni egalladi.

Xitoy 1916,3 tonna oltin zaxirasi bilan 6-, Shveytsariya 1040 tonna oltini bilan 7-o‘rindan joy oldi.  

Ro‘yxatga shuningdek, Yaponiya (765,2 tonna), Hindiston (618,2 tonna) va Niderlandiya (612,5 tonna) kiritildi.

Top