12:20 / 01.08.2019
83237

Jamshid Qo‘chqorov: «Dollar Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 so‘mdan olingan, lekin kimlardir 4000 so‘mdan ham olgan» 

Foto: KUN.UZ

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, "O‘ztransgaz" AJ va "O‘zbekenergo" AJ mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, matbuot anjumanida energoresurslar narxining oshishi mavzusida so‘z yuritildi. Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, AI-80 benzini yangi narxini AQSh dollariga aylantirsa 57 sentni tashkil etmoqda. 

«BAAda benzin 62 sent, Saudiya Arabistonida 58 sentni tashkil etadi. To‘g‘ri, BAA va Saudiyada maosh ham baland bo‘lishi mumkin, lekin Saudiya Arabistoni, Amirlikda 10 yil avval benzin juda arzon edi. Nega hozir narx bunday qilib qo‘yildi? Ular islohotlarning boshida aholi uchun energoresurslarga bozor narxlari o‘rnatdi, shundan so‘ng sarmoyadorlar kela boshlagan. 

Biz hozir benzin narxini 4500 so‘m etib belgilagan bo‘lsak ham, 2017 yil Buxoroda kuzatilgan 6000 so‘mlik narxga yetganimiz yo‘q. O‘sha holat ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Bozor iqtisodiyotining ma'nosi - tarozini to‘g‘rilash. Oldin AQSh dollarini 4000 so‘mdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming so‘mdan olganmiz. Lekin kimlardir dollarni 4000 so‘mdan olgan. Ya'ni, bozor tarozisi buzilgan. Bozor iqtisodiyoti bunga chidamaydi, qopga solib qo‘ysangiz ham u qadalib chiqaveradi. Qachonki, barcha narx-navo erkin bo‘lmaguncha», - dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Mavzuga oid
Top