11:40 / 01.08.2019
32860

Toshkentda mikroavtobus ikkita yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, 12 kishi jarohat oldi 

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

2019 yil 31 iyul kuni soat 11:40larda Toshkent shahrining Bektemir tumanida yashovchi 34 yoshli D.A. boshqaruvidagi 99-sonli “Qorasu-Qo‘yliq bozori” yo‘nalishida qatnovchi “GAZ-322132-288” rusumli mikroavtobusini Yashnobod tumani Ohangaron shox ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 59 yoshli R.B. boshqaruvidagi “KamAZ-5511” rusumli yuk avtomashinasining orqa tomoniga urilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shundan so‘ng u boshqaruvni eplay olmay shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 24 yoshli D.A. boshqaruvidagi “DEU SC 77C” rusumli yuk avtomashinasiga urilib ag‘darilgan.

Natijada “GAZ-322132-288” mikroavtobusi haydovchisi va olti nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar, shuningdek qolgan 5 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilib uylariga javob berilgan. 

Ushbu holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Top